Maqola

154 17/10/2024

Irkutsk viloyatida migrantlarga taksi, savdo va ta’lim sohalarida ishlash taqiqlandi. Taqiq haqida qarorni viloyat gubernatori Igor Kobzev imzoladi, deb xabar bermoqda «Сибирский экспресс» nashri.

Shuningdek, Irkutsk viloyatida xorijiy fuqarolarga transport sohasida, dorilar ishlab chiqarishda ishlash, o‘rmon mahsulotlarini sotish va o‘rmonchilik bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Taqiq 2025-yilning 1-yanvaridan kuchga kirishi xabar qilinmoqda.

Omsk viloyatida esa 2025-yil 1-martidan boshlab migrantlarga yetti sohada ishlash taqiqlanadi.

Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko migrantlarga transport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo va ovchilik sohalarida ishlashni taqiqlovchi qarorni imzolagani haqida “Meduza” nashri xabar bermoqda. Shuningdek, xorijiy fuqarolarga dori ishlab chiqarishda ishlash va «ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish» bilan bog‘liq lavozimlarni egallash taqiqlangan. Omsk gubernatorining qarori 2025-yil 1-martidan kuchga kiradi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya