263 05/10/2026

2-oktabr keçasi 28 yoşli ayol Şelexov tuman kasalxonasida vafot etdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, u Irkutsk vaboga qarşi institutida laboratoriya texnigi bölib işlagan. Ölim sababi rasman oşkor qilinmagan: Rospotrebnadzor (Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş va inson farovonligini nazorat qiliş federal xizmati) noma’lum etiologiyali pnevmoniya haqida xabar berdi va tekşirilgan namunalarda ayolning kasbiy faoliyati bilan boğliq heç qanday mikroorganizmlar topilmaganligini ma’lum qildi.

Vafot etgan ayol xavfli patogenlarni professional ravişda örgangan. Uning hamkasblari va mustaqil ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan asosiy nazariyaga köra, 25-sentabr kuni laboratoriyada tirik biologik material bilan işlayotganda, u tasodifan xavfli Yersinia pestis bakteriyasi bölgan probirkani sindirib qöygan.

Ikki kundan keyin Şipilovaning ahvoli tezda yomonlaşa boşlagan. U şoşilinç ravişda Şelexov tuman kasalxonasiga yotqizildi. Dastlab, voqea tafsilotlaridan bexabar şifokorlar koronavirus infeksiyasining oğir holatidan şubhalanib, uni ixtisoslaşgan COVID-19 markaziga yotqizişgan. Biroq uning ahvolining tez yomonlaşişi va klinik körinişi şifokorlarni öta xavfli infeksiyalar uçun tezkor testlar ötkazişga majbur qildi. Bemor sun’iy nafas oliş apparatiga ulangan, ammo uning hayotini saqlab qolişning iloji bölmadi.

Bemorning ölimidan söng, mutaxassislar u bilan aloqada bölişi mumkin bölgan 197 kişini aniqladi. Ulardan 189 nafari tibbiy kuzatuv va profilaktika çoralari uçun kasalxonaga yotqizildi, yana sakkiz nafari esa kasalxonaga yotqizilmasdan tibbiy nazorat ostida qoldi. Öşa paytda bu odamlarda kasallik belgilari topilmagan va ularning test natijalari salbiy çiqdi.

Şelexov kasalxonasida karantin çeklovlari joriy etildi va 2-oktabr kuni Irkutskda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova iştirokida sanitariya va epidemiyaga qarşi komissiyaning favqulodda yiğilişi bölib ötdi. Irkutskdagi umumşahar tozalaş kuni xavfsizlik nuqtai nazaridan qoldirildi.

Vabo epidemiyasi yoki Vaboga qarşi kuraş institutida kasallik qözğatuvçi bilan boğliq baxtsiz hodisa haqida hali rasmiy tasdiq yöq. Rospotrebnadzor sanitariya-epidemiologik vaziyatni barqaror deb aytmoqda.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya