
Surgut prokuraturasi mahalliy fuqaroning bank kartasidan katta miqdordagi pulni o‘g‘irlaganlikda ayblanayotgan 21 yoshli muhojirga nisbatan jinoyat ishini sudga yubordi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mast holatda bo‘lgan jabrlanuvchi yonidan o‘tib ketayotgan muhojir yigitdan aroq olib kelishni iltimos qilgan. Unga bank kartasini pin-kodlarini ham aytib berib yuborgan. Vaziyatdan foydalangan migrant kartadagi 150 ming rublni olib, o‘z istagiga ko‘ra sarflagan.
– Ayblanuvchi bank hisobvarag‘idan 150 000 rubl miqdorida pul mablag‘larini topib, ularga kirish huquqiga ega bo‘lgan, pulni bankomatdan naqd qilgan va o‘z xohishiga ko‘ra sarflagan, – deya xabar beradi shahar nazorat agentligi.
Jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi. Ayblanuvchi olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.