Maqola

210 27/08/2024

«Qanot Sharq» aviakompaniyasining HH572 reysi bilan Istanbul – Samarqand yo‘nalishida uchgan Airbus A320 samolyot (bort raqami UK32031) Turkiya osmonida bortida avariyaviy holat sodir bo‘lgani uchun yo‘lidagi eng yaqin zaxira aeroporti – Amasya viloyatidagi Merzifon aeroportiga qo‘ngan.

“Novosti Tashkenskogo neba” spotterlik kanalining yozishicha, Turkiya osmoni bo‘ylab parvoz chog‘ida reys ekipaji “7700” javob berish kodini e’lon qilgan. Bu kod samolyotda avariyaviy yoki boshqa shtatdan tashqari vaziyat sodir bo‘lganini anglatadi. Shundan so‘ng samolyot Merzifon aeroporti yo‘nalishida pastlay boshlagan.

Samolyot Istanbul aeroportidan mahalliy vaqt bilan 16:52 da parvoz qilgan. Samarqandga reja bo‘yicha 23:10 da qo‘nishi kutilayotgandi. Xuddi shu samolyot 27-avgust kuni soat 01:10 da Sankt-Peterburgga parvoz qilishi lozim edi. Katta ehtimol bilan bu reys ham kechiktiriladi.

Aviakompaniya rasmiy saytida holat haqida xabar berilmagan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya