#turkie
 

Maqola

136 12/06/2024

Qanot Sharq aviakompaniyasi O‘zbekistonning ikki shahridan Istanbulga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Namangan va Istanbul o‘rtasidagi reyslar 11 iyundan boshlangan. Parvozlar haftada bir marta seshanba kunlari, 13 iyundan Qarshi – Istanbul – Qarshi yo’nalishi bo’yicha parvozlar ham haftada bir marta payshanba kunlari Airbus 321 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Endilikda O‘zbekistonning sakkiz shahridan: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus, Farg‘ona, Namangan va Qarshidan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshirilmoqda.

Yaqin kelajakda “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Qarshidan Moskva va Sankt-Peterburgga parvozlarni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya