Maqola

240 30/10/2024

“Izvestiya” gazetasi “Цифровой мир” platformasi foydalanuvchilari uyushmasiga tayanib, haydovchilarning 70 foizdan ortig‘i yangi taksi qonuni talablarini bajara olmasligini, bu esa o‘z avtomobillarida ishlaydigan millionga yaqin yakka tartibdagi haydovchilarning agregatorlarni tark etishiga olib kelishini xabar bermoqda.

Ko‘p muammolar mashinalar va egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni birlashtiradigan reyestrga avtomobilni kiritish bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Bundan tashqari, barcha haydovchilar o‘z avtomobillarini sariq rangga bo‘yashni istamaydiga tayyor emas. Masalan, taksida haftada bir yoki ikki marta bir necha soat ishlaydiganlar buni qilishni xohlamaydi.

Shuningdek, yangi qonun haydovchining og‘ir jinoiy javobgarlikka tortilib sudlanganligi, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun uch yoki undan ortiq to‘lanmagan jarimasi borligi yoki shaharni bilish sertifikatidan o‘tmaganligi uchun avtomashinani boshqarishiga ruxsat bermaydi. Natijada “kulrang” zonada ko‘proq haydovchilar ishlamoqda, deb yozadi nashr. Taksi haydovchilari buyurtmalarni messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali qabul qiladi, bu esa haydovchining o‘zi uchun ham, yo‘lovchilar uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya