623 22/12/2025

Moskvada bir guruh yigitlar rossiyalik o‘smirlarni kaltakladi. Ularning migrant ekanligi taxmin qilinganidan so‘ng, Rossiya Tergov qo‘mitasi tezda chora ko‘rishga tushdi. Qo‘mita rahbari Aleksandr Bastrikin tergovni shaxsiy nazoratiga oldi. «Bezorilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi va Tergov qo‘mitasining Moskvadagi idorasi rahbariyatiga tergovning borishi haqida muntazam ravishda hisobot berish topshirildi.

Biroq, bu munosabat fonida ko‘pchilik yana bir fojiani eslaydi. Odintsovoda maktabga qilingan hujum paytida 10 yoshli tojikistonlik bola Qobiljon halok bo‘ldi. Bu jinoyat nafaqat Tojikistonda, balki Rossiyadagi migrantlar orasida ham keng norozilikka sabab bo‘ldi. Biroq, o‘sha paytda yuqori darajadagi jamoatchilik munosabati bo‘lmadi. Bastrikin ham bu qotillikni «o‘z nazorati»ga olmadi.

Tojik siyosatshunosi Muhammad Shamsuddinov yondashuvdagi bu farqni ta’kidlaydi. U Rossiya rasmiylari va ommaviy axborot vositalarini qattiq tanqid qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva maktabidagi fojia tasodif emas, balki mamlakatdagi umumiy muhit natijasi edi. U
Qobiljonning o‘limiga Mironovning nutqlari, Bastrikinning bayonotlari, Davlat Dumasi qonun loyihalari, Rossiya davlat telekanallari sabab bo‘lganini ta’kidlagan.

Siyosatshunos shuningdek, «kichkina bola tizim tomonidan o‘ldirildi» deb aytib, Rossiyada fashistik va nasistlar g‘oyalari oqlanayotgani yoki ularga yo‘l qo‘yilayotganiga ishora qilgan.

Qiziq, nima uchun Bastrikin tomonidan bir holatda – oddiy janjaldan keyin ish darhol maxsus nazoratga olinadi-yu, boshqa holatda – bola o‘limidan keyin keyin ham biror ommaviy bayonot berilmaydi?

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya