1 062 04/09/2025

Moskvada tojikistonlik fuqaro bezorilik va mulkka zarar yetkazgani uchun 2,5 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qilindi. Voqea 2025-yil 31-mart kuni migrant va oilasi fotojurnalist Natalya Medvedeva bilan birga ketgan poyezdda sodir bo‘lgan edi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, fotograf ayol ayblanuvchining ayolini roziligisiz suratga olgan. Bundan tashqari, guvohlarning ta’kidlashicha, Medvedeva ayolning bosh kiyimini olib tashlamoqchi bo‘lgan. Bu harakatlar uning erining g‘azabiga sabab bo‘lgan va natijada janjal kelib chiqqan.

Janjalda jurnalistning o‘zi kaltaklangan, uning plansheti singan. Dastlab, erkak 11 sutkaga hibsga olingan, biroq rus matbuotida chiqqan maqolalardan keyin ish sudgacha borgan. U o‘z aybini tan oldi va kechirim so‘radi, lekin oxir-oqibat 2,5 yil qamoq jazosini oldi. Uning advokati apellyasiya berish niyatini ma’lum qilgan.

Qayd etish joizki, voqeadan so‘ng Medvedevaning o‘zi ham mayda bezorilikda ayblangan. Sud uni mojaro qo‘zg‘atgan, jamoat tartibini buzgan deb topdi va 7 sutkaga hibsga olishga hukm qildi. Biroq kassatsiya sudi ushbu jazoni bekor qildi.

Shunday qilib, sud mojaroda har ikki tomon ham aybdor ekanligini aniqladi, ammo migrant jazolandi.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya