Maqola

388 23/07/2025

2024-yil 17-iyuldan boshlab Janubiy Koreya Mehnat vazirligi mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi fermer xo‘jaliklarida xorijlik ishchilarning yashash va mehnat sharoitlarini tekshirishni boshladi. Bu E-9 ish vizasi bilan kelgan odamlarga tegishli.

Hukumat migrantlarning haddan tashqari issiq havo ta’siridan himoyalanganligiga ishonch hosil qilmoqchi. Shu maqsadda issiqdan saqlanishning beshta muhim xavfsizlik qoidalari aks etgan maxsus broshyura tarqatiladi. 17 tilga tarjima qilingan bu qoidalar ishchilarga ham, ish beruvchilarga ham beriladi. Shuningdek, ushbu qoidalarga amalda amal qilinayotganligini aniqlash uchun joyida tekshirish ham rejalashtirilgan.

Quyidagi qoidalarga rioya qilish shart qilinmoqda:

Sovuq ichimlik suvi bo‘lishi;

Kondisioner yoki boshqa sovutish usullari ishlashi;

Ishchilarga har ikki soatda kamida 20 daqiqalik tanaffusga ruxsat berilishi;

Sovutish moslamalari bo‘lishi;

Ishchilar 119 raqamli ishonch telefoniga ulana olishlari.

Mehnat sharoitlaridan tashqari, ishchilar yashaydigan uylar ham tekshiriladi. Ventilyasiya, elektr simlari va yong‘in xavfsizligiga alohida e’tibor qaratiladi. Qishloqlarda eski binolar ko‘p va ularning hammasi ham standartlarga javob bermaydi.

Inspektorlar bilan birga qoidalarni muhojirlarning ona tilida tushuntirish uchun tarjimonlar va maslahatchilar ham birga boradi.

Mehnat vaziri o‘rinbosari Kvon Chang-jun hukumat muhojirlarni nafaqat ish joyida, balki yashash joylarida ham himoya qilish uchun hamma narsani qilishga va’da berdi.

Qancha o‘zbekistonlik E-9 vizasi bilan ishlaydi?
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda 4878 nafar O‘zbekiston fuqarosi E-9 vizasi bo‘yicha Janubiy Koreyada qonuniy ishlagan bo‘lsa, 2024-yilda 3080 kishigacha kamaygan.

Bu pasayish migrantlarning ish joyini tark etishi, mehnat shartnomalarini buzishi, ayrim korxonalarning bankrot bo‘lishi holatlari tez-tez uchraganligi bilan bog‘liq. Shu sababli, Koreya hukumati qonunbuzarliklar kamroq bo‘lgan boshqa mamlakatlardan kelgan ishchilarga ustunlik bera boshladi.

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya