139 24/02/2024

Krasnodar o‘lkasi Tergov qo‘mitasining maʼlumotlariga koʻra, 2014-yilning 12-dekabr kuni kechqurun mashinada ketayotgan 22 yoshli o’zbekistonlik muhojir va 28 yoshli krasnodarlik tanish ayol urushib qolishgan. Migrant mashinadan tushib, ayolning boshiga tosh bilan urgan. Ayol olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

O‘ldirilgan ayolning jasadi to‘qqiz kun o‘tib yo‘lovchilar tomonidan topilgan. Muhojir esa Rossiyani tark etgani uchun javobgarlikka tortilmay qolgan.

Lekin o‘tgan yilning aprel oyida politsiya 32 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini Rossiyaga kelganidan keyin hibsga olgan. Migrant aybini to‘liq tan olib ko’rsatma bergan va ayni vaqtda tergov izolyatorida qolmoqda.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация