Maqola

162 30/09/2024

Kaliningraddagi 7-maktabda direktorning ota-onalarga o‘zbek tilini o‘rganishni taklif qilgan izohidan keyin bahsli vaziyat yuzaga keldi. Voqea ota-onalarning rus tilini yomon biladigan muhojir o‘quvchilar ustidan shikoyat qilganidan keyin sodir bo‘lgan. Biroq farzandi shu maktabda o‘qiydigan ayol bu so‘zlar kontekstdan olinib, noto‘g‘ri talqin qilinganini aytgan va direktorni himoya qilgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, maktab direktori Lyudmila Nikolaevna ota-onalarni notanish tilda moslashish va o‘qishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan migrant bolalarning ahvolini tushunishga undagan. “U muhojirlar uchun qiyin ekanini ta’kidlamoqchi bo‘ldi va hazil bilan bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zbek tilida bir necha so‘z o‘rganishni taklif qildi”, — degan himoyachi ayol. U, shuningdek, ota-onasi Rossiyada qonuniy ravishda bo’lgan barcha bolalar ta’lim olish huquqiga ega ekanligini va ularni ta’lim jarayonidan chetlashtirish mumkin emasligini ta’kidlagan.

U shaharda ko‘pincha o‘zini agressiv tutadigan muhojirlar bilan muammo borligini tan olgan. Ammo ayolning so‘zlariga ko‘ra, bunga “mahalliy aholining ochiq dushmanligi” sabab bo‘lmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya