830 14/11/2024

Kaliningraddagi “Za Rodinu” baliqni qayta ishlash majmuasida ishchilarning keskin yetishmasligi sababli Hindistondan kelgan muhojirlar ishga olina boshladi.

Korxona rahbari Sergey Lyutarevich mahalliy ishchilarni topish qiyinligi, kadrlar tanqisligi kompaniyani chet ellik ishchilarni, jumladan, Hindiston kabi olis davlatlardan ham jalb qilishga undashini aytadi. Viloyatda ishlab chiqarishda ishlaydigan mutaxassislar soni cheklanganligi sababli bu amaliyot majburiy chora hisoblanadi.

Hindistonlik muhojirlarga, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yashash uchun ruxsatnoma (РВП) va vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (ВНЖ) olishda muammolar bo‘lmayapti. Vaholanki, Rossiyada ishlayotgan Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar rus tilini hindlardan ko‘ra yaxshi bilishsa ham ko‘pincha xuddi shu masalada qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, rus tili va madaniyatini bilmaydigan mehnat muhojirlariga o‘tish xodimlar bilan ishlashni murakkablashtiradi, ularni intergatsiyasi va o‘qitish uchun katta kuch talab qiladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya