Kaluga viloyati gubernatori Vladislav Shapsha migrantlar chet eldan vatandoshlarni ko’chirish dasturidan («переселение») foydalanib, qonuniy maqom olayotganini aytmoqda, deb yozadi “РБК” nashri.
Uning so’zlariga ko’ra, vatandoshlarni ixtiyoriy ravishda ko’chirishga ko’maklashish dasturi orqali «minglab millati rus bo‘lgan vatandoshlar ko‘chib kelgan.
Lekin vaqt o’tishi bilan ushbu dastur asosan rus tilini bilmaydigan, jamiyatimizga singib ketmaydigan muhojirlar uchun teshikka aylandi», deydi Kaluga gubernatori Shapsha.
Shapshaning qo’shimcha qilishicha, dastur to’xtatilgandan so’ng, mintaqada «ijobiy natijalar ko’rina boshlagan».
«Kalugada ikki yil ichida chet elliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 36 foizga kamaydi», deya iddao qilgan gubernator muhojirlarning mehnatidan butunlay voz kechish utopiya ekanini ham qo’shimcha qilgan.
Biroq Kaluganing “Переселение” dasturidan chiqishi va muhojirlar orasida jinoyatchilik kamaygani orasida qanday bog‘liqlik borligi, ushbu bog‘liqlik qanday isbotlangani ma’lum emas.