Maqola

132 18/10/2024

Kamchatka o‘lkasi gubernatori Vladimir Solodov patent bilan ishlaydigan muhojirlarga 2025-yildan ta’lim va oziq-ovqat ishlab chiqarishini o‘z ichiga olgan 15 ta sohada ishlashni taqiqladi, deb yozmoqda «Коммерсант» nashri.

Xabar berilishicha, taqiq YOII mamlakatlari fuqarolariga taalluqli emas. 2025-yildan boshlab Kamchatka o‘lkasida migrantlar oziq-ovqat, o‘rmon resurslarini yig‘ish va tayyorlash, bolalar hamda diyetik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish, elektr energiyasi, gaz va bug‘ bilan ta’minlash kabi sohalarda ishlay olmaydi. Shuningdek, migrantlarga turizm, xavfsizlik va ta’lim sohasida ishlash ham taqiqlanadi.

Kamchatka o‘lkasi mehnat va kadrlar salohiyatini rivojlantirish vaziri Natalya Nitsenkoning ta’kidlashicha, muhojirlarga taksida ishlash taqiqi 2025-yilda ham o‘z kuchida qoladi.

Kamchatstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda o‘lkaga xorijiy mamlakatlardan 3038 nafar migrant kelgan. Ulardan 2973 nafari MDH mamlakatlari fuqarolaridir. Aksariyati Qirg‘iziston (1871 kishi) va O‘zbekistondan (544 kishi) kelgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya