
Lipetskda 43 yoshli migrant o‘zganing bank hisobidan pul o‘g‘irlashda ayblanmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Lipetsk viloyati boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, voqea o‘tgan yilning dekabr oyida sodir bo‘lgan. Erkak ko‘chada lipetsklik fuqaro tushirib qo‘ygan bank kartasini topib olgan.
Uni politsiyaga yoki egasiga berish o‘rniga muhojir kartadagi pullardan sarf qila boshlagan. Kartadan taxminan 9000 rubl sarflagan migrantning qilmishlaridan bankdan SMS xabarlar ola boshlagan ayol bilib qolgan. Erkak nafaqat uning pulini, balki kredit kartasidan ham sarflagan. Bank darhol ayolga qarzni o‘z vaqtida to‘lash kerakligini ma’lum qilgan.
Shundan so‘ng politsiya aralashgan.
Ayblov xulosasi endi Lipetskning Oktyabr tuman prokurori tomonidan tasdiqlanib, ish sudga yuborildi.
Erkak Rossiya Jinoyat kodeksining 158-moddasi — o‘g‘irlik bo‘yicha ayblanmoqda. U ushbu modda bo‘yicha olti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Migrantlarga eslatma!
Agar siz ko‘chada yotgan bank kartasini ko‘rsangiz, hech qanday holatda unga tegina ko‘rmang.
Bu o‘g‘irlik hisoblanadi, hatto karta ko‘chada yotgan bo‘lsa ham.
Agar olgan bo‘lsangiz, kartaning egasini topishga harakat qiling, uni bankka olib boring yoki politsiyaga topshiring
Aks holda, siz jinoiy ayblovlar, sud va qamoq jazosiga duch kelishingiz mumkin.