Maqola

187 10/01/2025

Qurilish sohasida ishlayotgan migrantlarga taksi haydovchisi yoki kuryer bo‘lib ishlashga ruxsat berilmaydi. Rossiya hukumati 2025-yilda migratsiya siyosatini qat’iylashtirishni va chet elliklar uchun maqsadli mehnat patentlarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu shuni anglatadiki, agar mehnat muhojiri muayyan sohada ishlashga ruxsat olsa, u boshqa sohada ishlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Masalan, yo‘lovchilar tashish yoki yetkazib berish sohasida faoliyat yuritishi mumkin emas.

«Biz migratsiya siyosatini qat’iylashtirishni davom ettirishimiz, unga yanada dinamik va qat’iy yondashishimiz kerak deb hisoblaymiz. Avvalo, maqsadli patent joriy etishni taklif etyapmiz. Masalan, payvandchi uchun patentda tegishli lavozim ko‘rsatiladi va u faqat payvandchi bo‘lib ishlaydi. Bu nazorat qilinadigan migratsiya hisoblanadi. Ayrim hududlar migrantlarga turli sohalarda ishlashni taqiqlashni boshladi — bu to‘g‘ri, taqiqlanadigan sohalar sonini ko‘paytirish kerak. Kecha qurilishda ishlaganlar bugun kuryer bo‘lib ishlayotgan holatlar bo‘lmasligi lozim», — dedi deputat Yaroslav Nilov.

Shuningdek, haydovchi bo‘lib ishlash uchun kelgan muhojirlar uchun ham cheklovlar joriy etiladi. Migrantlar taksi haydovchisi bo‘lib ishlash uchun «GIBDD» imtihonini topshirishga majbur bo‘ladi. Davlat Dumasiga yo‘lovchi tashish sohasida ishlashni xohlagan chet elliklardan nafaqat nazariy, balki amaliyot imtihonini ham topshirishni talab qiladigan qonun loyihasi kiritildi.

Bundan oldin Rossiyada qoidalarni buzgan hollarda chet elliklarning haydovchilik guvohnomalarini bekor qilish taklif qilingandi. Deputatlar chet ellik haydovchilar uchun jazoni kuchaytirishni va qoidabuzarlik hollarida ularning haydovchilik guvohnomalarini amalsiz deb tan olishni taklif etishgan. Yaqin kunlarda «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar Davlat Dumasida ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, Rossiya haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan migrantlar uchun karsheringdan foydalanish taqiqlanadi. Rossiyada haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan muhojirlar karshering yoki taksi boshqarishga haqli emas. Bu haqda Davlat Dumasining mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilov ma’lum qildi. U allaqachon tegishli so‘rovlarni IIV va Transport vazirligiga yo‘llagan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya