Maqola

1 201 03/12/2025

Novosibirskdagi “Kuper” yetkazib berish xizmati keksa ayolni tepgan migrant kuryerni ishdan bo‘shatganini ma’lum qildi. Tashkilot kuryer to‘g‘risidagi ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga berilganligini ta’kidlagan.

Xabarda aytilishicha, erkakning shaxsi aniqlangan, u ishdan bo‘shatilgan. Shuningdek, voqea sodir bo‘lgan paytda kuryer buyurtmani bajarmaganligi aniqlandi. Jabrlanuvchiga kerakli yordam va’da qilingan.

Hodisa 1-dekabr kuni videokuzatuv kamerasi tomonidan qayd etilgan. Yozuvda bir yigit yer osti o‘tish joyida to‘satdan keksa ayolning yuziga tepgani ko‘rinadi. Ayol yiqilib, erkak yo‘lida davom etadi.

Tergov qo‘mitasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi. Jabrlanuvchiga o‘sha joyda tibbiy yordam ko‘rsatildi, uning hayotiga tahdid yo‘q.

Tarmoqda xuddi shu kuryer bilan yana bir video paydo bo‘ldi. Uni joylagan qizning aytishicha, migrant uning yonidan o‘tayotib tupurgan. Qiz undan nega unday qilganini so‘ragan. Erkak hech narsa javob bermagan.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya