Besh nafar o‘smirdan iborat jinoiy guruh keksa migrant farroshni to‘qmoq bilan urgan va unga qalampirli gaz sepgan. Taxminlarga ko’ra, hujum Moskvada sodir bo’lgan, chunki bezorilardan biri avvalroq poytaxtdagi «Лев против» loyihasi mitingida ko’rilgan.
Kaltaklangan muhojir qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Bu hujum Moskva yoki Moskva oblastida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi monitoring guruhi.
Faollarning qayd etishicha, hujum ishtirokchilari jinoyat joyini tekshirishni istisno qilish uchun yozuvdagi shahar fonini ataylab xiralashtirgan.
Avvalroq Irkutskda bir guruh yoshlar mahalliy bog‘da muhojirni kaltaklagan edi. Hujumga Made With Hate millatchi guruhining aloqadorligi taxmin qilinmoqda.
Rossiyada 2024-yil 22-mart kuni Crocus City Hall’da sodir etilgan teraktdan so‘ng, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlarga nisbatan zo‘ravonlik va ksenofobiyaning xavotirli tendentsiyasi kuchaygan. Human Rights Watch va boshqa inson huquqlari tashkilotlari nafrat zo’ravonligi holatlari ko’payganini yozgan.
Hujumning oqibatlaridan biri zo’ravonlikning kuchayishi, jumladan, muhojirlarga nisbatan jismoniy hujumlar bo’ldi. Ijtimoiy tarmoqlar va o‘ta o‘ng qanotdagi Telegram kanallarida jinoyatlarda migrantlarni asossiz ayblash holatlari aks etgan videolar tarqala boshladi. Rossiya hukumati zo‘ravonliklarni qoralash o‘rniga, muhojirlarni tekshirishni kuchaytirgani vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.
Bunday voqealarga javoban Qirg‘iziston kabi davlatlar o‘z fuqarolariga Rossiyaga o‘ta zarurat tug‘ilgan taqdirdagina borishni maslahat bergan. Ayni paytda huquq faollari zo‘ravonliklarning yanada kuchayishi va Rossiyadagi muhojirlar uchun sharoitning yomonlashuvidan xavotir bildirishmoqda.
Bu tadbirlar ksenofobiya va muhojirlarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq muammolarni hal etishda kompleks yondashuv, bu boradagi davlat siyosatini yanada vazminlik bilan olib borish zarurligini ta’kidlaydi.