Yaqin orada Rossiya aloqa operatorlari «Роскомнадзор» idorasiga bloklangan saytlarni chetlab o‘tishga urinayotgan foydalanuvchilar haqida to‘liq ma’lumot berishga majbur bo‘ladi, deb yozadi “Ведомости” nashri. Bu esa «Роскомнадзор» idorasi xohlagan vaqtda bloklangan resurslarga kirayotgan qurilmani aniqlash imkoniyatini beradi. Kompaniyalar ushbu ma’lumotlarni xizmat ko‘rsatilganidan boshlab, 15 kun ichida yig‘ib, topshirishlari kerak bo‘ladi.
Hozircha bu buyruq qachon kuchga kirishi aniq emas. Ammo tushuntirish xatiga ko‘ra, aloqa operatorlari o‘zgarishlar qabul qilinganidan so‘ng uch oy o‘tib yangi tartibda ishlashni boshlashlari kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, operatorlardan mazkur tartibda ish faoliyatini boshlashlari uchun qo‘shimcha uskunalar xarid qilish yoki o‘rnatish talab etilmaydi, chunki tarmoqlarda 2019-yildan beri “ТСПУ” (tahdidlarning oldini olish uchun texnik vositalar) o‘rnatilgan bo‘lib, ular noqonuniy kontentga kirishni cheklash vazifasini bajarib kelmoqda.
Buyruq loyihasiga ilova qilingan hujjatlarda bu chora Rossiya hududida tarqalishi cheklangan ma’lumotlarga kirishni oldini olish, shuningdek, fuqarolarni ehtimoliy zarardan himoya qilishga yordam berishi aytilgan.
Роскомнадзор получит информацию о пользователях, заходивших на запрещенные сайты – Hi-Tech Mail