Maqola

295 26/06/2024

Toshkentda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi rahbari Vladimir Kolokoltsev va O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov o‘rtasida migratsiya sohasidagi salbiy tendensiyalarni kamaytirish masalalari muhokama qilindi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbarining soʻzlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasiga kelayotgan muhojirlarning aksariyati MDH davlatlari, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari fuqarolaridir. Biroq, statistika barcha migrantlar qonun doirasida emasligini ko’rsatadi.

Vladimir Kolokoltsev xorijlik hamkasblarini migratsiya oqimini tartibga solish, bu sohadagi salbiy tendentsiyalarni kamaytirish va ikki davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga chaqirgan.

Kolokoltsev O‘zbekistonni shaxsiy ma’lumotlar almashinuvi sohasida ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilishi va O‘zbekistonning mahkum fuqarolarini hisobga olish uchun ma’lumotlarni Davlatlararo axborot bankiga yuborishni taklif qildi.

Uchrashuvda Kolokoltsev o‘zbekistonlik hamkasblari bilan narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qilishga ham qiziqish bildirdi. O‘zbekiston, o‘z navbatida, ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida kiberxavfsizlik sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni tashkil etish taklifini bildirdi va bu Rossiya vaziri tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Moskva viloyatida o‘tkazilgan “Nelegal 2024” operatsiyasining birinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha 1,5 mingdan ortiq muhojir mamlakatdan chiqarib yuborilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya