338 14/02/2026

Bu haqda Siktivkar Ichki ishlar vazirligining Migratsiya boshqarmasi boshlig’i Yelena Yakovleva Komi Respublikasi gubernatorining jamoat qabulxonasida jonli savol-javobda ma’lumot berdi.

Uning so’zlariga ko’ra, 2025-yilda shaharda migratsiya maqsadida qariyb 8000 xorijiy fuqaro ro’yxatdan o’tgan. Ularning aksariyati O’zbekiston fuqarolari.

Migrant ishchilar ko’pincha qurilish, chakana savdo va umumiy ovqatlanish muassasalarida, masalan, oshpaz sifatida ishlaydi.

Siktivkar – Rossiyaning shimoliy mintaqasi bo’lgan Komi Respublikasining poytaxti. Shahar aholisi taxminan 250 000 kishini tashkil qiladi. U Moskvadan taxminan 1300 kilometr shimoli-sharqda joylashgan.

Komi iqlimi sovuq, qishi uzoq va qorli, harorat -25 dan -30 darajagacha yetadi va qor bir necha oy davomida erimasligi mumkin. Yozi qisqa va salqin, odatda 15 dan 22 darajagacha. Ushbu mintaqada ishlashni rejalashtirayotganlar qattiq ob-havo sharoitlaridan xabardor bo’lishlari va shunga tayyor bo‘lishlari kerak.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya