
Zamonaviy dunyoda barcha odamlar ko‘p yumushlarini smartfon va onlayn xizmatlar orqali bitiradi. Shuning uchun biz ham Koreyada ishga borganingizda sizga asqatadigan foydali ilovalar va xizmatlar haqida ma’lumot bermoqchimiz.
Eng keng tarqalgan messenjer/chat KakaoTalk. Koreyada Telegram va Whatsapp’dan ko‘pchilik foydalanmaydi.
Agar koreys tilini ko‘ngildagidek bilmasangiz, Naver Dictionary, Papago va Google Translate’dan foydalaning. Matn, ovoz va hatto suratlardagi yozuvlarni ham tarjima qilishi mumkin.
Joylashuv xaritasidan foydalanish uchun KakaoMap va NaverMap yaxshi. Koreyada Google map to‘liq va aniq ishlamaydi.
Shuningdek, metro uchun Subway Korea, taksi chaqirish dasturi Kakao taxi, poyezdlar uchun Korail, shaharlararo avtobuslar uchun TmoneyGo ilovalaridan foydalaniladi.
“Emergency Ready App” dasturi esa favqulodda vaziyatga tushib qolgan chet elliklar xabar berishi uchun mo‘ljallangan.
Deylik, siz nechi soat ishlaganingizni hisoblamoqchisiz. Unda Mehnat soatlarini hisoblash kalkulyatori (근로시간 계산기 platformasiga kirasiz.
Hujjatlar, vizalar, murojaatlar uchun esa Hi Korea va E-people platformalaridan foydalanasiz.
Tez tibbiy yordam (ochiq dorixonalar manzili), o‘t o‘chirish va qutqaruv xizmati – 119, Politsiya (TITR: 경찰서) – 112, Immigratsiya ma’lumot markazi – 1345 (koreys, ingliz, rus tillari kabi bir nechta til mavjud),
Davlat tibbiy sug‘urtasi (국민건강보험) – 033-811-2000 (o‘zbek tili mavjud), Seul chet elliklarni qo‘llab-quvvatlash markazi – 02-2229-4915, 02-2229-4902 raqami.
Zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan unumli foydalaning!