Мақола

363 17/02/2024

Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari 2024-yil 29-fevralgacha ushbu davlatdan deportatsiyasiz chiqib ketishi mumkin.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xabar berishicha Koreyada hujjatsiz yurgan o’zbekistonliklar Koreyadan deportatsiyasiz ketishi uchun Immigratsiya xizmatiga borib, ketish to‘g‘risida ixtiyoriy ariza to‘ldirish, pasport va aviachipta taqdim etishi zarur.

Immigratsiya xizmati beradigan tasdiqnoma bilan vatanga muammosiz qaytib kelishi mumkin. Buning uchun chiqib ketishdan 3 ish kuni oldin Immirgatsiya xizmatiga murojaat qilishlari kerak.

Noqonuniy bo‘lib turgan fuqarolar ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z xohishi bilan chiqib ketsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida Janubiy Koreyaga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqida Koreya Immigratsiya xizmati ma’lum qilgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация