119 23/02/2024

Mahalliy manbalarning yozishicha, 20-fevral kuni Kyongnamdagi Changnyeong politsiya bo‘limi o‘g‘irlik sodir etishda gumonlangan 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi.

Gumondor A. 15-fevral kuni soat 21:00 atrofida Changnyeong-gun shahridagi uyga bostirib kirib, taxminan 70 yoshlardagi fuqaroni qurol bilan qo‘rqitib, 3 million von pulini o‘margan.

U bu jinoyatni amalga oshirish uchun Daegu shahridan Changnyeongacha bo‘lgan 60-70 km masofani 7 soat davomida velosipedda bosib o‘tgan.

Aniqlanishicha, ayblanuvchi mamlakatga 2018-yilda til o‘rganish vizasi bilan kelgan, biroq muddati tugaganidan keyin ham noqonuniy ravishda qolgan.

Xabarlarga ko‘ra, u jinoyat sodir etgan Changnyeong-gunda ishlagani uchun hududning geografiyasi bilan yaxshi tanish bo‘lgan.

Jinoyat sodir etganidan so‘ng, u Tegu shahriga velosipedda qaytishga harakat qilgan, biroq charchab qolgani sababli, tanishini chaqirgan.

Politsiya gumondor A,ni 20-fevral kuni
Daegudagi Buk-gu shahridagi tanishing uyida hibsga olgan. U jinoyatni moliyaviy qiyinchiliklar tufayli sodir etganini aytgan.

Politsiya voqea tafsilotlarini tekshirmoqda.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация