Bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi manzili Kvanju shahridan Seul shahriga ko’chirildi. Bu haqida Bandlik vazirligi o’zining telegram kanalida ma’lum qilmoqda.
Janubiy Koreyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o’zbekistonliklar zarurat yuzaga kelganda vakolatxonaning yangi manziliga murojaat qilishlari mumkin.
📍Yangi manzil: Seul, Jung-gu, Jangchungdan-ro, 213 10-qavat, 1003.
Telefonlar: 02-2285-1341, 02-2285-1342
👉Google mapsdan manzilni ko’rish
👉Kakao mapdan manzilni ko’rish