Maqola

917 20/02/2025

Baza nashriga ko‘ra, sport maktabiga bostirib kirgan xavfsizlik kuchlari noqonuniy migrantlarni qidirganini iddao qilgan. Biroq buning o‘rniga ota-onalar va bolalarni polga yuztuban yotishga majbur qilgan.
O‘sha yerda bo‘lganlarning hujjatlari tekshirilgan. Lekin birorta muhojir topilmagan.

Qizig‘i shundaki, polisiya dastlab maktabning eski manziliga borgan. U yerdan hech kimni topolmay murabbiyga telefon qilib yangi manzil bilib olingan. O‘n daqiqadan so‘ng qurolli guruh sport zaliga bostirib kirdi.

Voqea kuchli aks ta’sirga sabab bo‘ldi. Davlat Dumasining Oilani himoya qilish qo‘mitasi rahbari Nina Ostanina sodir bo‘layotgan voqealardan g‘azablanib, xavfsizlik kuchlarining harakatlarini «g‘irt sharmandalik» va «vakolatni suiiste’mol qilish» deb atadi.

“Hech kimning, hatto huquq-tartibot xodimlarining ham bolalarga nisbatan kuch ishlatishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bolaning maxsus maqomi borbu birinchi navbatda. Ikkinchidan, hech ayb ish qilmagan bolalarga nisbatan huquq-tartibot xodimlari tomonidan bunday noo‘rin shafqatsiz munosabat bo‘ldi. Men Ichki ishlar vazirligi rahbari Kolokolsevga parlament so‘rovi yuborishga tayyorman”, degan Ostanina.

Keyinchalik polisiya bular shunchaki «profilaktika choralari» ekanligini aytgan.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya