Krasnoyarsk o‘lkasi musulmonlari birlashgan diniy boshqarmasi raisi Gayaz Fatkullin so‘nggi cheklovlar va politsiya reydlari tufayli muhojirlar bilan bog‘liq vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Muftiyning ta’kidlashicha, muhojirlar qonunga bo‘ysunuvchi xatti-harakatlariga qaramay, ko‘pincha ularga shubha bilan qarashadi.
“Krasnoyarsk o‘lkasida mahalliy aholi tomonidan sodir etilgan har 99 jinoyatga migrantlar tomonidan bittadan kam jinoyat to‘g‘ri keladi – atigi 0,8%», degan Fatkullin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday munosabat, ayniqsa, migrantlarning mintaqa iqtisodiyoti va madaniyatiga qo‘shgan hissasi hisobga olinsa, adolatsiz ko‘rinadi.
Fatqullin muhojirlar hatto namozxonalarda ham ushlangan holatlar haqida gapirgan. Misol uchun, Ramazon oyida polisiya bolalar va homilador ayollar bo‘lgan kafelarda reyd uyushtirgan.
“Ular hammani yerga yotqizishdi va keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bunga qurol borligi haqidagi xabar sabab bo‘lgan. Lekin nega begunoh odamlar azob chekmoqda?
Muftiy fikricha, bu kabi choralar muhojirlar uchun noxush sharoitlar yaratib, ular o‘zlarini xo‘rlangandek his qiladi.
Shuningdek, muhojirlarning ayrim hududlarda ishlashini taqiqlovchi qonun aholining mintaqadan ommaviy chiqib ketishiga olib kelganini ham qayd etdi.
“Odamlar, ayniqsa biznes egalari cheklanganda, ular oilalari bilan boshqa mamlakatlarga: Germaniya, Belgiya, Angliyaga ketishadi. Ular o‘z mablag‘lari va kuchlarini bizni raqib deb hisoblaydigan mamlakatlar iqtisodiga sarflaydilar”, deb tushuntirgan Fatkullin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar ko‘pincha mahalliy aholiga o‘xshash mentalitet va tilga ega bo‘lib, bu ularning integratsiyalashuviga yordam beradi. Ammo cheklovlar ularning Rossiyadan chiqib ketishiga sabab bo‘lmoqda, bu esa iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yana bir muhim mavzu Krasnoyarskda ikkinchi masjid qurilishi edi. Fatkullin mintaqa musulmonlari 15 yildan beri bu masalani ko‘tarib kelayotganini, ammo muammo haligacha hal etilmaganini eslatgan.
Muftiyning ta’kidlashicha, adolatsizlikka duch kelgan musulmonlar unga murojaat qilishda davom etmoqda. U muhojirlar ahvolini yaxshilash va madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan muloqot va yechimlarni topish muhimligini qayd etdi.