
Yemelyanovskiy tumanidagi Solontsi qishlog‘idagi ziyofat zalida to‘y o‘tkazayotgan muhojirlarda politsiya, FSB va Rossiya Milliy gvardiyasi xodimlarining o‘tkazgan keng ko‘lamli reydi norozilik uyg‘otdi. Mehmonlar tinchgina dam olib, bayram qilayotgan zalga qora kiyim kiygan polisiyachilar kirib keldi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 620 dan ortiq shaxs, jumladan, 210 nafar chet el fuqarolari tekshirildi. Yigirma olti kishi politsiya bo‘limiga olib ketildi, ko‘plab muhojirlar mahbuslardek saflantirib yurishga majbur qilindi. Reyd natijasida Rossiya hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan sakkiz nafar shaxs aniqlandi.
Migratsiya qonunlari doirasida jami 19 ta ma’muriy bayonnomalar tuzildi. Xorijiy fuqarolarni soxta ro‘yxatga olish bo‘yicha jinoiy ish bo‘yicha ham materiallar to‘plangan. Biroq to‘y mehmonlarida taqiqlangan moddalar yoki buyumlar topilmadi. Politsiyaning bu kabi harakatlari inson qadr-qimmatini kamsitadi va qo‘rquv muhitini yuzaga keltiradi. Rossiyada hatto to‘y tantanalari ham reydlar, tekshiruvlardan mustasno emas.