Krasnoyarskda huquqni muhofaza qiluvchi organlar – Rosgvardiya, OMON, FSB va boshqalar – Yemelyanov tumanidagi yirik korxonalarda noqonuniy muhojirlarga qarshi yana bir keng qamrovli reyd o‘tkazdi. Bu haqda “7 kanal Krasnoyarsk” telekanali xabar berdi.
«Har bir chet ellik – ularning soni ikki yuzdan oshiq – turli ma’lumot bazalari orqali tekshirildi va hatto ulardan tahlillar olindi. Paxta tayoqchalari yordamida og‘iz bo‘shlig‘idan va burun shilliq qavatidan namuna olishdi. Bu barcha ma’lumotlar federal bazada ochilmagan jinoyatlar bo‘yicha tekshirish uchun kerak», deyiladi xabarda.
Reyd natijasida 12 kishi endi Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Qonunbuzar boshqa muhojirlarga jarima solinishi mumkin. Yana ikki kishi harbiy komissariatga chaqiruv qog‘ozi olgan. Ular Rossiya fuqaroligini olgan, lekin o‘z vaqtida harbiy ro‘yxatdan o‘tmagani ma’lum bo‘ldi.