121 13/03/2024

Ish izlash servisi marketing bo‘yicha tadqiqotlar yo‘nalishi rahbari Mariya Ignatovaning fikriga ko‘ra, Rossiyadagi  kuryerlarning maoshi bir yil ichida 87 200 rubldan 112 500 rublga ko‘tarilgan.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, oxirgi yillarda kuryerlik kasbi trendga aylangan. Doimiy ravishda o‘sib boruvchi maosh ish beruvchilar har bir nomzod uchun kurashayotganini bildiradi. Shu sababdan kuryerlarning oyligi rekord darajada – 30% ga ko‘tarilgan.

Kuryerlar eng ko‘p talab qilinadigan kompaniyalar qatorida logistika, marketpleyslar ichiga kiruvchi axborot texnologiyalari tashkilotlari bor. Kuryerlarga bo‘lgan talab mahsulotlarni yetkazishda robotlar, dronlar ishlatilishni boshlaganda kamayishi mumkin, deb fikr bildirgan mutaxassis.

Rostdan ham shundaymi? Kuryer bo‘lib ishlayotgan hamyurtlarimizdan izohlarda bunga javob kutib qolamiz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация