763 18/07/2025

Kursk viloyatidagi korxonalardan birining yotoqxonasidan topilgan murda mehnat muhojiri ekan. O‘lik krovatda yotgan holda bo‘lgan, yonida hujjatlari bo‘lmaganidan shaxsi to‘liq aniqlanmagan. Uning faqat ismini bilishardi.

Voqea joyiga yetib kelgan poltisiyachilar jasadda jarohat izlari borligini ko‘rgan. Tergov guruhi xonani ko‘zdan kechirib, barmoq izlarini oldi. Shu tariqa marhumning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi – u ishlash uchun kelgan muhojir bo‘lib chiqdi. Uning o‘limi haqida oilasiga xabar berildi.

Politsiya yotoqxonada turuvchilarni so‘roqqa tutdi va ularning mashinalarini ko‘zdan kechirdi. Mashinalardan birida avariyada bo‘lganidek to‘qnashuv izlari topilgan. Bu odam haqiqatan ham baxtsiz hodisaga uchragani ma’lum bo‘ldi.

Voyea aniq bo‘ldi: mashinani brigadir boshqargan, murda uning yonida o‘tirgan. Xuddi shu mashinada bo‘lgan yana ikki kishi ham jarohat olib, kasalxonaga tushgan.

Muhojirning o‘limi haqida brigadirning o‘zi xabar bergan, biroq u baxtsiz hodisa haqida hech narsa demagan. Jazodan qochish uchun uni yashirishga harakat qilgan.

Hozir politsiya voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlamoqda.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya