83 02/05/2024

Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoit hukumatning tezkor yig‘ilishida migrantlarni taksichilik sohasida ishlashga jalb qilishni taqiqlovchi qarorni imzoladi. Uning aytishicha, boshqa sohalarda ham shunday qarorlar qabul qilinishi mumkin.

Janob Starovoyt aytishicha, Rossiyaning ayrim hududlarida xavfsizlik choralari sifatida migrantlarning muayyan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga taqiq joriy qilingan. O‘tgan haftada viloyat rahbari Telegram-kanalida o‘z obunachilaridan migrantlarning taksida ishlashini cheklashni qo‘llab-quvvatlaysizmi, deb so‘radi. So‘rovda 42 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Saylovchilarning 82 foizi bunday taqiqni joriy etish tarafdori bo‘lgan.

Roman Starovoit qo‘l ostidagilarga keyingi cheklovlarni joriy etish uchun mintaqadagi muhojirlar bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilishni topshirdi. “Biz ko’p migrantlarni jalb qilmayapmiz, lekin ayrim tarmoqlarda muammolar paydo bo’lishi mumkin”, – dedi viloyat rahbari. Keyingi cheklovlar masalasi ertaga, 3-may kuni tezkor shtab yig‘ilishida muhokama qilinadi.

Kursk viloyati gubernatorining birinchi oʻrinbosari Aleksey Smirnov viloyat rahbarining nutqiga qoʻshimcha qilib, hozirda Rossiya fuqaroligini olish va mamlakatda ishlashda davom etishga hech kim toʻsqinlik qilmayotganinin aytgan. “Ammo odamlar fuqarolikni olgach, bu fuqarolikka muvofiq yashash uchun ularga ma’lum mas’uliyat yuklanadi. Fuqarolik olishni xohlovchilar uchun eshiklar ochiq. Hech qanday cheklovlar yo’q”, – deb ta’kidlagan janob Smirnov.

Rossiyaning o‘ndan ortiq viloyatlarida migrantlarning taksida ishlashi taqiqlangan.

Cheklovlar Novosibirsk, Tula, Kaluga va Chelyabinsk viloyatlarida, Kamchatkada, shuningdek, Qrim va Yakutiyada joriy etildi.

Shu bilan birga, 2023-yildan boshlab taksilar to’g’risidagi qonun xorijiy “prava”ga ega bo’lgan fuqarolarning transportda tashish bilan shug’ullanishini taqiqlaydi. Soha mutaxassislari bu cheklovlar haydovchilar yetishmasligiga sabab bo‘lganini bir necha bor ta’kidlashgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация