
2025-yil dekabr oyi oxirida Astraxanlik 34 yoshli ayol politsiyaga murojaat qildi. Uning aytishicha, voyaga yetmagan qiziga noma’lum erkaklar qo’ng’iroq qilib bolaga psixologik bosim o’tkazishgan. Erkaklar qizni uydagi barcha oltinlarni — 80 dan ortiq zargarlik buyumlarini berishga ko’ndirishdi. Ular qizga zargarlik buyumlari qabristonga olib borishni buyurgan.
Ishni tezlashtirish uchun firibgarlar unga taksi chaqirishgan. Ular bu haqda ota-onasiga aytishni qat’iyan taqiqlab, bu «sir» ekanligini ta’kidlashgan.
Ammo ona oltinlar yo’qolganini payqagach, qiz hamma narsani aytib berdi. Yetkazilgan zarar 2 300 000 rublni tashkil etdi. Keyinchalik jinoiy ish qo’zg’atildi.
Voqea 2025-yil 29-dekabrida politsiyaga 47 yoshli erkak kelib, o’g’irlangan barcha oltinlarni olib keldi.
Ma’lum bo’lishicha, firibgarlar uni kuryer sifatida yollashgan. Unga mijozning «nosog’lom qarindoshi» qoldirgan qabristondan zargarlik buyumlarini olib ketish buyurilgan. Ammo erkak bu voqeada qalloblik borligini payqagan. U politsiyaga murojaat qilishga qaror qildi. Shunday qilib, kuryerning hushyorligi tufayli firibgarlarning rejasi barbod bo’ldi.
Astraxan viloyat ichki ishlar boshqarmasi tergov davom etayotganini ma’lum qildi. Politsiya hozirda barcha tafsilotlarni o’rganmoqda va jinoyatga aloqador shaxslarni qidirmoqda.