324 10/03/2026

Kemerovo viloyati chet el fuqarolarining ishlashi taqiqlangan sohalar ro‘yxatini kengaytirdi. Tegishli farmon rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Kuzbassdagi ish beruvchilarga 2026-yilda ayrim iqtisodiy faoliyat turlari uchun patentga ega xorijiy ishchilarni yollash taqiqlangan.

Endi migrantlarga quyidagi 43 ta sohada ishlash taqiqlangan:
— ko‘mir qazib olish (antrasit, kokslangan va yer osti konlaridan olinadigan qo‘ng‘ir ko‘mirdan tashqari);
— qimmatbaho metall rudalari va qumlarini, shuningdek, noyob metallarni qazib olish;
— koks va suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish;
— asosiy kimyoviy moddalar, o‘g‘itlar va azot birikmalarini ishlab chiqarish;
— plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarish;
— organik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
— farmasevtika, qurol va uchish apparatlari ishlab chiqarish.

Ta’kidlanishicha, ba’zi cheklovlar mintaqada 2025-yildan beri amal qilib kelmoqda.

Kemerovo viloyati hokimiyati ilgari xorijiy ishchilarga bir qator sohalarda ishlashni man qilgan edi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab migrantlarga bolalar ovqatlari va parhez mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati, chakana savdo, taksi va jamoat transporti xizmatlari, mehmonxona sanoati, ishga yollash agentliklari, maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich va o‘rta ta’lim sohalarida ishlash taqiqlangan.

Bundan tashqari, chet elliklarga tibbiy amaliyotlar, go‘zallik va massaj salonlari va bolalar bog‘chalarida ishlash mumkin emas.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya