150 28/02/2024

Odatda, Moskva shahrida kvotalar uchun arizalar har oyning 1-dan 5-kuniga qadar amalga oshiriladi. Lekin mart oyida vaqtinchalik propiska uchun kvota ajratish uchun arizalar 1, 4, 5 va 6 mart kunlari qabul qilinadi.

Hujjatlarni topshirish uchun 9:00 dan 17:00 gacha Saxarovodagi MMSga murojaat qilinadi.

Manzil:  Moskva, Varshavskoe shossesining 64-km, Voronovskoye qishlog’i 1, 47-bino, 1A-sonli kirish.

Jarayon oddiy, MMSga kelib, talon olib, navbat kutish kerak. Huddi Sberbankdagidek. Talonni boshqa kunga o’tkazib bo’lmaydi.

Kvota olish uchun ariza bilan birga pasportingiz va boshqa arizadagi hujjatlar nusxasini qo’shib topshirishingizni tavsiya qilamiz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация