
Latviyada 841 nafar Rossiya fuqarosiga 13-oktabrgacha mamlakatni tark etishga buyruq berildi. Bu shaxslar yashash uchun ruxsatnomalarini saqlab qolish bo‘yicha yangi talablarga javob bera olmagan — ular Yevropa Ittifoqida doimiy rezidentlik maqomiga ega bo‘lish uchun ariza topshirmagan va latviya tili imtihonidan o‘ta olmagan.
Fuqarolik va migratsiya masalalari boshqarmasi matbuot kotibi Madara Pukening soʻzlariga koʻra, ushbu fuqarolar tilni bilishlarini isbotlashdan va majburiy xavfsizlik tekshiruvidan oʻtishdan bosh tortgani uchun shunday qaror qabul qilingan.
2022-yildan keyin Latviya ruslar uchun migratsiya qoidalarini kuchaytirdi. 2024-yildan boshlab mamlakatda doimiy yashash ruxsati bilan yashovchi Rossiya fuqarolari 2025-yilning 30-iyuniga qadar Yevropa Ittifoqining doimiy rezidenti maqomini olish uchun ariza topshirishlari kerak edi. Buning uchun latish tili bo‘yicha imtihonni A2 darajasida topshirish, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish va xavfsizlik tekshiruvidan o’tish kerak edi.
Yangi qoidalar taxminan 30 000 rossiyaliklarga taalluqli edi. Ularning aksariyati talablarga javob berdi; taxminan 2600 kishi ixtiyoriy ravishda mamlakatdan chiqib ketgan. Hujjat topshirmagan qolgan 841 nafar fuqaro endilikda Latviyani tark etishi shart.