Maqola

1 438 17/07/2026

Ikki Oʻzbekiston fuqarosi Sarnikava qishlog‘ida oqqushga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgani uchun sudga tortiladi. Yurmaladagi Riga tuman sudi 15-iyulda ushbu jinoyat ishini koʻrib chiqishni boshlaydi.

Voqea oʻtgan yilning bahorida Gauya daryosi qirgʻogʻida sodir boʻlgan. Ayblov materiallariga koʻra, 2025-yil 30-mart kuni ikki erkak oqqushni yegulik bilan jalb qilgan. Shundan soʻng ulardan biri qushni qanotlaridan tutib, yerga yiqitgan. Ayblanuvchi oqqushni bir qoʻli bilan ushlab turgan, ikkinchi qoʻli bilan esa uning boʻynini sindirgan va boshiga musht bilan urgan. Qush qarshilik koʻrsatishni toʻxtatgach, ikkinchi erkak qora chiqindi paketni ochib oqqushni unga solgan. Oqqush solingan paketni mashina yukxonasiga solib joʻnab ketishgan.

Ishda yana bir muhim tafsilot bor: bu voqea uch nafar voyaga yetmaganlarning koʻz oʻnggida sodir boʻlgan. Guvohlarning soʻzlari politsiyaga gumonlanuvchilarni tez fursatda topishga yordam berdi. Voqea haqidagi ma’lumot politsiyaga 31-mart kuni, mahalliy aholining murojaatidan keyin Adaji munitsipal politsiyasidan kelib tushgan. Koʻp oʻtmay politsiyachilar 1984-yil va 1993-yillarda tugʻilgan oʻzbekistonlik muhojirlar – Akbar Abduhakimov va Behruz Sharipovlarni qoʻlga oldi.

Qoʻlga olinganidan keyin erkaklar bayramni nishonlashayotganini va qushni koʻngilocharlik uchun olib ketishganini aytishgan. Keyinroq ular oqqushni Rigaga olib borib, yoʻl chetiga qoʻyib yuborishganini da’vo qilishgan. Endi sud barcha dalillarni oʻrganib chiqishi va qaror qabul qilishi kerak.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya