Maqola

245 21/06/2024

Jirinovskiyning izdoshlari muhojirlarga qarshi kurashishni o‘zining eng birinchi maqsadi deb biladi, shekilli. Partiya rossiyaliklar uchun ishonch telefoni tashkil qilib, muhojirlarning qayerda ishlayotgani, ularga qalbaki hujjat berganlar, migrantlarni ro‘yxatga qo‘yganlar haqida xabar berishni taklif qilmoqda.

Bunga liberal-demokratlar go‘yoki migrantlar orasida jinoyatchilikning ko‘payganini sabab qilib ko‘rsatgan.

«ЛДПР» yetakchisi Leonid Slutskiy yaqinda Vladivostokda ro‘y bergan fojiani, Rossiyada noqonuniy bo‘lgan besh nafar muhojir 21 yoshli rossiyalik qizni zo‘rlaganini eslagan. Uning fikricha, bunday holatlar Rossiya Federatsiyasining ahmoqona migratsiya siyosati natijasidir.

Rahbarning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya siyosati oqilona bo‘lishi uchun shikoyat qilsa bo‘ladiganishonch telefoni yetishmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Eslatib o‘tamiz, liberal-demokratlari partiyasi «ЛДПР» – kelib tushgan shikoyatlarni qayerga, qanday va nima asosda yo‘naltirishga aniqlik kiritmagan.

Migratsiya sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish usullari esaalohida qiziqish uyg‘otmoqda. Ma’lumki, korrupsionerlar aynan huquq – tartibot idoralari xodimlari orasida mavjud, ularning ustidan qilingan shikoyatlarni korrupsionerlarning o‘zlari ishlayotgan idoralarga qaytarib yuborish hech qanday natija bermaydi. Bundan xulosa qilish mumkinki, ishonch telefoni korrupsiyaga qarshi kurashish uchun emas, balki nomi yo‘q Slutskiyning populizm maqsadida qilayotgan navbatdagi ishidir.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya