Maqola

251 27/01/2025

Krasnodarda yosh yigit ko‘p qavatli uy liftida bir qariyaga hujum qilgani videosi tarmoqda tarqalib ketdi. Millatchilar hujumchi muhojir ekanini da’vo qilib, ochiq nafratni targ‘ib qila boshladi. Biroq keksa odamga hujum qilgan kimsa 26 yoshli Chukotka okrigidan kelgan Rossiya fuqarosi bo‘lib chiqdi. Xabar qilinishicha, u hibsga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 25-yanvar kuni soat 11:00 atrofida yigit 78 yoshli qariyani liftda urib, cho‘ntaklaridan pul o‘g‘irlagan va yashirinishga harakat qilgan. Qaroqchini shu ko‘p qavatli uyning aholisi qo‘lga olib, politsiya xodimlariga topshirgan.

Hozirda ayblanuvchi Rossiya JKning 91-moddasi bo‘yicha ushlangan va tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Krasnodar shahridagi Tergov qo‘mitasi bo‘limining xabar berishicha, tergovchilar tomonidan jinoyatchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 161-moddasining 2-qismiga (o‘g‘irlik) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha maksimal jazo — 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya