Sankt-Peterburgdagi Galereya savdo markazida zamonaviy shahar dramasi deyishga loyiq voqea sodir bo‘ldi. Oddiy liftda chiqish kutilmagan yakun bilan haqiqiy spektaklga aylandi.
Bosh qahramonlar – rus tilini bilmaydigan Markaziy osiyolik kuryer, ikki dugona va adolat tuyg‘usi yuqori bo‘lgan ayol. Qizlardan biri kuryerni mazax qilishga qaror qilganida, uning kutilmagan himoyachisi yonginasida, liftda birga ketayotganini bilmagan edi.
Qiz va himoyachi, aftidan, so‘zlar yetarli darajada ishonarli emas, deyishdi shekilli, konstruktiv muloqot radikal keskinlashib mushtlashuvga aylanib ketdi. Natijada birovning, bu voqeada migrantning ishiga burnini suqqan qiz undan ajralishiga oz qoldi.
Endi qiz shifoxonada, tishlong‘ich ayol polisiyada.
Kuryerning qayerdaligi noma’lum, balki u yangi buyurtmani olib ketayotgandir. Qissadan hissa, liftda hazil qilishdan oldin ikki marta o‘ylab ko‘ring – yoningizda kim bo‘lishi mumkinligini hech qachon bilmaysiz. Boshqalarning, ayniqsa, muhojirlarning ishiga burningizni tiqib qo‘ymang!