Maqola

635 21/11/2024

Lipetsk oblasti rahbari Igor Artamonovning aytishicha, migrantlar va mahalliy aholi o‘rtasida noaniq munosabatlar keltirib chiqayotgan bo‘lsa-da, ayrim hududlarga chet ellik ishchilarni jalb qilish zaruratdir. Uning ta’kidlashicha, xorijliklar rus tilini bilishi, qonunlarga bo‘ysunishi, oilasiz bo‘lishi va mintaqaga kerak bo‘lgan sohalarda ishlashi kerak ekan.

U migrantlarning qonuniy ishlayotganlari ham, noqonuniysi ham rossiyaliklarga yoqmasligi, lekin kimdir ishlashi kerakligini aytadi.

Artamonov, shuningdek, Rossiyaning ayrim hududlaridagi demografik o‘zgarishlarga qaratib, Xanti-Mansi avtonom okrugida yil boshidan buyon o‘g‘il bolalar o‘rtasida eng mashhur ism Muhammad bo‘lganini aytadi. Lipetsk oblastida esa gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, an’anaviy ruscha ismlar saqlanib qolgan.

Mintaqada muhojirlarni nazorat qilish ishlari bo‘yicha 2024-yilda Lipetsk oblastidan 200 dan ortiq odam chiqarib yuborilgan, chet ellik ishchilar o‘rtasidagi jinoyatchilik 40 foizga kamaygan. Shuningdek, mintaqada migrantlarning taksi va logistika kabi sohalarda patent asosida ishlash imkoniyati cheklangan.

Shunga o‘xshash choralar Rossiyaning boshqa mintaqalarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Amur oblastida migrantlarga 27 ta sohada, jumladan, savdo va transportda patent asosida ishlash taqiqlangan. Kursk oblastida chet elliklarga taksida ishlash ham taqiqlangan, Saxalinda esa cheklovlar 24 ta sohaga, jumladan non ishlab chiqarish va yo‘lovchi tashishga ham taalluqli.

Shu bilan birga, u qurilishni migrantlarsiz amalga oshirib bo‘lmasligini, chunki mintaqada ko‘plab yirik loyihalar amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya