Maqola

717 23/04/2025

POLITIK Central Asia” nashriga ko‘ra, Litva Bosh vaziri Gintautas Palutskas ayrim davlat fuqarolarida radikallashuv xavfi yuqori ekanini ta’kidlab, «madaniy jihatdan yaqinroq» migrantlarni izlash niyatida ekanini bildirdi. Bu bayonot Markaziy Osiyodan, jumladan O‘zbekistondan kelayotgan mehnat muhojirlari orasida xavotir uyg‘otdi.

Migratsiya bo‘yicha ekspert Alisher Sodiqov vaziyatni izohlar ekan, Litva ko‘p hollarda tranzit hudud sifatida foydalanilishiga e’tibor qaratgan. “Mahalliy ish beruvchi migrant uchun ruxsatnoma oladi va keyinchalik uni Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga jo‘natadi. Migratsiya siyosatining qat’iylashuvi G‘arb Yevropa davlatlari bosimi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Vengriya va Xorvatiya allaqachon cheklovlar joriy qilgan, Bolgariya esa yaqin kunlarda migratsiya masalalariga bag‘ishlangan sammit o‘tkazishni rejalashtirgan”, deydi mutaxassis.

Ekspertning ta’kidlashicha, boshqa mintaqalar bilan til va madaniyat to‘siqlari mavjud bo‘lgani bois, Litva uchun rus tilida so‘zlashuvchi migrantlarga alternativa topish oson bo‘lmaydi. Amalda esa madaniy jihatdan yaqin va ishlashga tayyor kadrlar asosan Markaziy Osiyo mamlakatlaridan topiladi.

– Bironta ham migrant Litva tilini mukammal o‘rgana olmaydi. Shu bois, ular uchun yagona yechim — bu rus tilida so‘zlashuvchi odamlarni jalb qilishdir. Bunday rus tilida so‘zlashuvchi kadrlarni boshqa joydan topa olishmaydi, – deydi Alisher Sodiqov.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya