Maqola

196 26/01/2025

Edge Analytics tadqiqotiga ko‘ra, Londonda 390 000 dan 585 000 gacha noqonuniy migrantlar istiqomat qiladi. Bu shuni anglatadiki, poytaxtning taxminan har o’n ikki aholisidan biri qonuniy asoslarsiz mamlakatda yashamoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Noqonuniy muhojirlarning aksariyati mamlakatga ishlash, o‘qish yoki muddati tugagan tashrif vizasi bilan kirgani aytiladi. Shu bilan birga, The Daily Telegraph nashrining yozishicha, Buyuk Britaniyadagi bunday muhojirlarning umumiy soni bir milliondan oshadi, ularning 60 foizi Londonda qo‘nim topgan.

Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi noqonuniy muhojirlar haqida rasmiy ma’lumotlarni taqdim etmaydi. Biroq, G‘aznachilik bosh kotibi Kris Filpning aytishicha, mamlakatdagi noqonuniy muhojirlar soni zudlik bilan e’tibor qaratishni talab qiladigan jiddiy masala.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt avvalroq yangi hokimiyat buyrug‘i bilan AQShdan chiqarib yuborilgan noqonuniy muhojirlarning birinchi guruhini e’lon qilgan edi. Deportatsiya AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati tomonidan ilgari eʼlon qilingan deportatsiya reyslari doirasida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati davlat rahbari Donald Trampning mamlakat hududida noqonuniy bo‘lgan muhojirlarni qo‘lga olish bo‘yicha bergan buyrug‘ini bajarish maqsadida o‘z xavfsizlik idoralarini shay holatga keltirgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya