Maqola

212 23/05/2025

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda ishchi kuchi yetishmasligi, bu muammoni hal qilish uchun boshqa davlatlardan ham odamlarni ishga taklif qilish zarurligini aytdi.

Mahalliy hukumatning yangi rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida u dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi Belarusda ham mehnat resurslari kam ekanini aytgan. Uning so’zlariga ko’ra, vaziyat hozircha unchalik og’ir emas, lekin, halokat darajasiga olib boorish kerak emas.

Shuning uchun Belarus birinchi navbatda sobiq ittifoq respublikalaridan mehnat muhojirlarini taklif qilishni ta’kidlagan. Lukashenkoning ta’kidlashicha, hech kim odamlarni ishlashga taklif qilish uchun boshqa mamlakatlarga ataylab bormaydi. Belorussiyaga o’zlari kelmoqchi bo’lganlar bor va ularni kutib olish lozim.

Prezident, shuningdek, yaqinda ish beruvchilar xorijlik ishchilarga qanday munosabatda bo‘lishi kerakligi haqidagi farmon imzolanganini eslatdi. Endi biror kishi muhojirni ishga olsa, uning yashash sharoitini bilishi shart. Ishchilarning yashash joylariga borib ularning holatini tekshirish kerak bo’ladi. Muammolar aniqlansa, ularni xabar qilish va yechish choralari ko‘riladi.

Bundan tashqari, ish beruvchidan muhojirlar uchun rus yoki belarus tillarida imtihon tashkil etish talab qilinadi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, migrant Belarusga kelgan paytdan boshlab ish beruvchiga u bilan rasmiy mehnat shartnomasini tuzish uchun 30 kun vaqt beriladi. Shu bilan birga, xodimni boshqa ish beruvchiga o’tkazish taqiqlanadi – bu qoidabuzarliklarning oldini olish uchun deyilmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya