Maqola

6 653 17/12/2025

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi 16-dekabr kuni Moskva viloyatidagi Uspenskaya maktabida 10 yoshli Qobiljon Aliyevning o’ldirilishi bo’yicha bayonot berdi.

Vazirlik qotillikda etnik nafrat elementlari borligini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semyon Grigoryev Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va unga rasmiy nota topshirildi. Tojikiston tomoni Rossiyadan voqea bo’yicha zudlik bilan, ob’ektiv va xolis tergov o’tkazishni va barcha aybdorlarni qonunga muvofiq javobgarlikka tortishni talab qildi.

Tergovchilarning so’zlariga ko’ra, 16-dekabr kuni ertalab soat 9:00 atrofida 15 yoshli o’quvchi maktab qo’riqchisiga pichoq bilan hujum qilgan, so‘ng to’rtinchi sinf o’quvchisi Qobiljonga bir nech marta pichoq urgan. Bola olgan jarohatlaridan vafot etdi. O’smir keyinchalik huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olindi. Rossiya Tergov qo’mitasining rasmiy bayonotlarida marhumning fuqaroligi aniq ko’rsatilmagan. Biroq, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bolaning ikki – tojik va rus fuqaroligi borligini xabar qildi.
Ekolog va «Yabloko» partiyasi raisi Nikolay Rybakov fojiadan keyingi dastlabki soatlarda ma’lum bo’lgan faktlarni sodir bo’lgan voqealarga boshqacha vajlar ko‘rsatilishidan oldin hujjatlashtirishni taklif qilgan.

Uning so’zlariga ko’ra, hujumdan sal oldin o’smir sinfdoshlariga «Mening g’azabim» deb nomlangan 11 sahifali matn yuborgan. Unda u o’zining millatchi, islomga qarshi va antisemitismga oid qarashlarini batafsil bayon qilib, jamiyat muammolari uchun yahudiylar, “so‘llar”, antifashistlar, liberallar, muxolifat va LGBT vakillarini ayblagan.

Rybakov shuningdek, taxminan bir yarim yil davomida o’smir turli chatlarda musulmonlarga qarshi qattiq kurash zarurligi va ularga qarshi terroristik hujumlarni oqlash haqida ochiqchasiga yozganini ta’kidlaydi. Shuningdek, u boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik bildirib, ba’zilar «mohiyatan oq tanli bo’lishi mumkin emas» deb da’vo qilgan.

E’lon qilingan xabarlarga ko’ra, hujumdan oldin Timofey maktab o’quvchilaridan: «Millating nima?» deb so’ragan.

Ochiq manbalarga ko’ra, o’smirning telefonida 2022-yilda Qo’shma Shtatlarda sodir bo’lgan ommaviy otishma bilan bog’liq bo’lgan «Sygaown» so’zi ham bor edi. Bir selfida u Yangi Zelandiyadagi Kraystcherch masjidi qirg’ini sababchisi Brenton Tarrantga ishora qiluvchi nimcha kiygan holda tasvirlangan. Uning «Hayot muhim emas» shiori tushirilgan futbolka kiygan suratlari ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Rybakovning so’zlariga ko’ra, elita maktabida radikallashgan millatchi o’smir tomonidan sodir etilgan jinoyat etnik nafrat tufayli yuzaga kelgan.

U ko’p millatli jamiyatda dastlab migrantlar va diniy ozchiliklarga nisbatan zo’ravonlik, xo’rlash va kamsitishlardan ko‘z yumishdan kelib chiquvchi oqibatlar haqida gapirgan. Uning ta’kidlashicha, o’smir uzoq vaqt davomida ekstremistik g’oyalarni omma oldida ifoda etgan, ammo aftidan unga qarshi hech qanday profilaktika choralari ko’rilmagan.

Rybakov shuningdek, mamlakatda ekologik va jamoat tashkilotlari ekstremistik deb tan olinayotganini, zo’ravonlikni bevosita targ’ib qiluvchi harakatlar va ramzlar esa ko’pincha tegishli huquqiy bahoga ega emasligini ta’kidlaydi.
Partiya rahbari marhum bolaning oilasi va do’stlariga hamdardlik bildirib, qolgan jabrdiydalarga tezroq sog’ayib ketishni tiladi.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya