Maqola

357 16/11/2024

Novosibirsk yaqinidagi Svetliy qishlog‘ida muhojirlar oilasi 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan o‘g‘lining tahqirlangani uchun ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi.

Mojaro katta sinfda o‘qiydigan mahalliy bolalar migrant bolani xafa qilganidan boshlangan.

O‘quvchilardan birining ota-onasi esa migrant oilani odam o‘g‘irlashda ayblagan: ular go‘yoki beshinchi sinf o‘quvchisini mashinaga majburlab o‘tirg‘izib, qo‘rqitishgan emish.

Ertasi kuni ertalab bolaning ota-onasi vaziyatni hal qilish uchun maktabga ketishayotganda yo‘lda ular bezorilardan birini ko‘rib qolishgan va uni mashinada maktabgacha olib ketishgan. “U to‘xtab, o‘zi mashinaga o‘tirdi. O‘g‘limdan kechirim so‘radi va maktabga yetib bordik”, deb tushuntirgan kaltaklangan bolaning onasi Roziya.
Shunga qaramay, ota-onalar so‘roqqa chaqirilgan, bolaning otasi esa odam o‘g‘irlashda ayblangan.

Muhojir otaga nisbatan jinoiy ish ochilgan va u 12 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Roziya tuhmat va maktab rahbariyatining beparvoligi bu bezorilikka to‘sqinlik qilmagani uchun qarama-qarshi da’volar bilan chiqdi. Huquq himoyachilarining aralashuviga qaramay, oila qishloqni tark etishga majbur bo‘ldi.

Huquq himoyachilarining fikricha, maktab o‘z vaqtida aralashganida, vaziyat avvalroq hal bo‘lishi mumkin edi. Hozirda tergov davom etmoqda, biroq oila o‘z huquqlari uchun kurashmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya