
Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin rus tilidan imtihon joriy etilgandan so’ng, rus maktablariga o’qishga kirgan muhojir bolalarning soni ancha kamayib ketganini ma’lum qildi.
Uning so’zlariga ko’ra, bu imtihon ko’p oilalar uchun juda qiyin bo’lib chiqdi. Ba’zi ota-onalar hatto maktablarga hujjat topshirishni to’xtatgan. Masalan, Nijniy Novgorod viloyatida arizalar soni 10 baravarga, Voronej viloyatida esa 7 baravarga kamaydi.
Boshqa mintaqalarda ko’plab bolalar rus tili bo’yicha imtihondan o’ta olmagan:
Kaluga viloyatida – 91 boladan 55 tasi,
Sverdlovsk viloyatida – 66 tadan 53 tasi,
Tula viloyatida – 62 tadan 32 tasi,
Komi Respublikasida – 14 tadan 11 tasi,
Qrimda – 10 tadan 4 tasi.
Volodin shuningdek, kelasi yilning yanvar oyidan boshlab maktablar va Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida migrant bolalar va ularning oilalari haqida ma’lumot almashish tizimi ishlay boshlashi haqida xabar berdi. Bundan tashqari, maktablarda migrant bolalar orasida jinoyat yoki ekstremizmga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lganlarni aniqlash bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar berilgan.