Maqola

365 29/08/2025

Peterburgda imtihon topshirgan 514 xorijlik boladan bor-yo‘g‘i 257 nafari darslarga kirish huquqini oldi. Bu haqda RF Davlat Dumasi deputati Mixail Romanov xabar berdi.

2025-yil 1-apreldan deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi federal qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, endi migrant bolalarning Rossiya maktablariga qabul qilinishi uchun ular rus tilini bilishini va mamlakatda qonuniy ravishda yashashini tasdiqlashi shart.

Bu qoidalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki tahlillarning ko‘rsatishicha, ko‘pchilik hududlarda faqat oz sonli bolalargina zaruriy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Masalan, Sankt-Peterburgda qabul jarayoni yakuniga qadar 923 xorijlik imtihon topshirish uchun ariza bergan. Ulardan 180 nafari hujjatlari to‘liq bo‘lmagani sababli testga qo‘yilmagan. Imtihonning o‘zida 514 bola ishtirok etgan, ulardan 257 nafari muvaffaqiyatli topshirgan. Shu tariqa, Sankt-Peterburgda ariza berganlarning umumiy sonidan uchdan bir qismi ham qabul qilinmadi — faqat 27,84 foiz.

Bu natijalar Rossiya maktablaridagi migrant bolalar sonining kamayishiga olib keladi. Chunki bunday o‘quvchilarning mavjudligi o‘qituvchilarga qo‘shimcha yuklama soladi, sinfda o‘quv jarayonini sekinlashtirishi mumkin va o‘ziga xos til muhitida ta’lim olishga qiynalayotgan xorijlik bolalar uchun katta sinov bo‘lib qolmoqda.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya