80 20/03/2024

Oltmishdan ortiq Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya tarixidagi ish haqini olish uchun eng yirik ommaviy da’vo arizasi yozishdi. Muhojirlar Tergov qo‘mitasiga, sudga, prokuraturaga, mehnat inspeksiyasi va Rossiya Mehnat vazirligiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.

Da’vogarlar Moskvaning Konkovo tumanidagi fitnes klubda ishlashgan. Biroq va’da qilingan kunlik to‘lovlarni bir necha oydan buyon olisholmayapti. Avvaliga ulardan doimiy ishga rasmiylashtirish uchun ariza so‘rashgan, hujjatlarni olgach maoshni bugun-erta to‘laymiz, deb yurib, umuman to‘lamay ishdan haydashgan.

Ish beruvchi migrantlar hech qayerga shikoyat qilmasligiga ishongan bo‘lishi mumkin.

Fitnes klub har bir migrantga o‘rtacha kuniga 2500 rubldan maosh to‘lashi lozim edi. Hisobga ko‘ra klub 60 nafar muhojirlardan bir oy uchun kamida 4,5 million rubl qarz. Ishchilar esa bir necha oy davomida oyliksiz ishlab kelishgan.

Ish beruvchi bilan aloqa o‘rnatishga bo‘lgan muhojirlarning urinishlari natija bermagan.

Yana bir ommaviy maosh ololmaslik holati Moskvadagi “Flan-M” nomli xususiy qurilish kompaniyasida ishlayotgan muhojirlar bilan sodir bo‘lgan. U yerda 100 dan ortiq oʻzbekistonliklar tekinga ishlagan.

“Migrant Media” loyihasining ma’lum qilishicha, “Flan-M” tashkiloti har bir ishchidan 50 mingdan 300 ming rublgacha qarzdor bo‘lib qolgan. Ishchilar to‘rt oylik maoshlarini olisholmagan. Raqamlarda ish beruvchi o‘zbekistonlik migrantlarga kamida 20 million rubl to‘lashi kerakligi ko‘rinadi. Quruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular ham huquq-tartibot idoralari va sudga shikoyat qilish niyatida.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация