Rossiyaga ishlagani, pul topish maqsadida borgan muhojirlarning sarguzashtsevarligi va buning ortidan yuzaga keluvchi ko‘ngilsizliklar haqida ko‘p materiallar e’lon qilyapmiz, ogohlantiryapmiz. Biroq «muhabbat tuzog‘i»ga ilinganlar hanuz uchrab turibdi.
«Masha»ning hiylasiga aldanib, katta pulga tushgan yana bir hamyurtimiz tahririyatimizga xabar yuborib, firibgarlardan ogoh etishimizni so‘radi.
«Assalomu alaykum, Migrant.uz xodimlari! Iltimos, men bilan bo‘lgan hodisani olib chiqinglar, hamma ogoh bo‘lsin. Internetda rus qiz bilan tanishdim, uchrashuvga taklif qildi. Juda shoshilinch, rosa qiziqtirdi. Men ahmoq bordim, kafega kirdik «Suxarevskaya» metrosida.
Menyuni ko‘rishga ham ulgurmadim. To‘g‘rirog‘i, qaramadim. Qiz meni rosa gapga solib, chalg‘itdi. Ko‘p o‘tirmadik, faqat u qiz zakaz qildi. Juda tez-tez obkelishdi. 20 daqiqa o‘tirdik, so‘ng hisobni obkelishdi.
52580 rublni to‘lashga majbur bo‘ldim. Sheriklardan qarz oldim.
Hozir shu joydan qaytyapman, shokdan o‘zimga kelolmayapman. Hammasiga o‘zim aybdorman, buni tan olaman!
Hammani firibgardan ogohlantiringlar, iltimos! Men qilgan xatoni boshqalar takrorlamasin».
❗️Fikr-mulohazalar, o‘zingiz guvohi bo‘lgan voqealar haqidagi ma’lumotlar, foto-videolarni @migrantxabar manziliga yuboring va qolganlarni ham bundan voqif qiling!